BUXORO VILOYATI O‘RMON FONDI YERLARIDA AYRIM DORIVOR O‘SIMLIKLARNING TABIIY ZAHIRALARI
Mualliflar
Maxmudov A.V., Abduraimov O.S., Maxmudov V.
Annotatsiya
Maqola Qizilqum, Shofirkon va G`ijduvon davlat o`rmon xo`jaliklari hududlarida 4 turdagi: Cichorium intybus L., Plantago major L., Polygonum aviculare L., Tribulus terrestris L. larning tarqalish maydonlari va xom-ashyo zahiralarini o`rganishga qaratilgan. Tadqiqotlar natijalariga ko`ra, hududlarda Cichorium intybus ning yillik yig`ib olish mumkin bo`lgan xom-ashyo hajmi 0,94 tonna, Plantago major 0,128 tonna, Polygonum aviculare 0,034 tonna, Tribulus terrestris 1,029 tonnani tashkil qilishi aniqlangan
Kalit soʻzlar:
o‘rmon fondi yerlari, Cichorium intybus L., Plantago major L., Polygonum aviculare L., Tribulus terrestris L. biologik zahira, xom-ashyo zahirasi, hosildorlik, populyatsiya