SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025

Yilning eng nufuzli ilm-fan bayrami yaqinlashmoqda!

Ko`rish


EVRIKA MUKOFOTI 2025

18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar va mutaxassislarning davlat va jamiyat oldida, fan va innovatsiya sohasidagi yuqori natijalarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etildi. Nomzodlar tanlov asosida 5 ta yo'nalish bo'yicha saralab olinadi. Har bir yo'nalish bo'yicha 3 nafardan g'olib aniqlanadi va tantanali taqdirlash marosimida mukofot topshiriladi.

Ko`rish


SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2024

2024-yil 21-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida "SCIENCE AND INNOVATION AWARDS" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida taqdirlash marosimi, taniqli san'atkorlar ishtirokida konsert, ko'rgazmalar, kofe-breyk, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo'lib o'tdi. "Yil olimi", "Yilning eng yaxshi yosh olimi", "Yilning eng yaxshi oliy ta'lim muassasasi", "Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta'lim muassasasi" va "Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Mukofot jamg'armasi 10000$. Tadbir UzReportTV telekanali orqali jonli efirga uzatildi.

Ko`rish


Olimlar bayrami 2023

2023-yil 23-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida "Olimlar bayrami 2023" taqdirlash va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida taniqli san'atkorlar va so'z ustalari ishtirokida konsert, ko'rgazmalar, kofe-breyk, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo'lib o'tdi. "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali yil boshida e'lon qilgan tanlov bo'yicha "Yilning eng faol ilm-fan targ'ibotchisi" nominatsiyasi bo'yicha 10 nafar g'olib va "Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi" nominatsiyasi bo'yicha 10 nafar g'oliblar statuetka, sovg'alar, pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlanuvchilarga jami 130 000 000 so'm pul mukofoti berildi. Shuningdek, "Yil olimi" va "Yilning eng yaxshi ilmiy muassasasi" nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi. Tadbir UzReportTV telekanalida va uning youtube, facebookdagi sahifalari orqali jonli efirga berildi.

Ko`rish


Olimlar bayrami 2022

2022-yil 20-dekabr kuni O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida "Olimlar bayrami 2022" taqdirlash va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Unda "Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi" va "Eng yaxshi ilmiy targ'ibotchi" nominatsiyalari bo'yicha taqdirlash marosimi, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi 2022-yil to'plami taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyalari taqdimoti va kofe-break, ko'rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir taniqli san'atkorlarning kuy qo'shiqlari bilan o'tdi.

Ko`rish