Annotatsiya
Mushuklarda piometr kasalligining tarqalishi, kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolash yo`llarini o`rganish, shuningdek, ushbu kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot davomida reproduktiv tizim kasalliklariga gumon qilingan turli yosh va zotga mansub 7 ta mushuk tekshiruvdan o`tkazildi. Ulardan 4 ta holatda piometr tashxisi qo`yilgan bo`lib, bu umumiy tekshirilgan hayvonlarning 57% ni tashkil qiladi, shuningdek, yondosh kasalliklar ham aniqlangan: 15% - sut bezi o`smasi, 15% - patologik tug`ruq, 15% - tuxumdon polikistozi, 15% - endometrit, 43% holatda - sog`lom hayvonlar. Qonning biokimyoviy ko`rsatkichlari bo`yicha hayvonlarda piometraga xos bo`lgan quyidagi o`zgarishlar kuzatildi, ya`ni leykotsitoz (1 mkl da 20-50 ming hujayra va undan yuqori), leykotsitar formulaning chapga siljishi va qondagi mochevina miqdorining 40 - 280 mg% gacha oshishi xosdir.