Annotatsiya
Ushbu maqolada 5–7-sinflar hamda yuqori sinf o`quvchilarida ingliz tilidagi muloqot matnlari orqali o`z-o`zini rivojlantirish ko`nikmalarini shakllantirish masalasi ko`rib chiqiladi. O`quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta`minlashda kommunikativ kompetensiyani mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ingliz tilidagi matnlar vositasida singdirish, hamda raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt vositalaridan foydalanishning o`rni asoslab beriladi. Pedagogik yondashuvlar, didaktik vositalar, interaktiv metodlar yordamida shaxsiy rivojlanish va tarbiyaviy natijalarga erishishning samarali usullari yoritilgan.