Annotatsiya
Mazkur maqolada 6-7 yoshli ko`zi ojiz o`quvchilarni brayl yozuvi priboridan foydalangan holda to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish to`g`risida ma`lumot beriladi. Shuningdek, brayl yozuvidagi matnni ko`rsatkich barmoq yordamida bexato va tez o`qish usullari ko`rsatib o`tilgan. O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini shakllantirish uchun harf va tovush usulining ahamiyati, bo`g`in va so`z birikmasi savod chiqarish uchun boshlang`ich omil bo`lib xizmat qilishi ta`kidlangan.