Annotatsiya
Raqamli texnologiyalar maktabgacha ta`lim tizimida bolalar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashda muhim vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun kasbga qiziqishlarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning roli har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. Raqamli platformalar va vositalar, o`zlarining interaktiv imkoniyatlari bilan, bolalarga turli kasblar bilan tanishish, kasbga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish va kelajakdagi kasb tanlash jarayonida ilmiy va amaliy bilimlarni o`zlashtirishda yordam beradi.