Mualliflar
T. Usanov, M. Qalandarova, R. Norboboyeva, M. Salimova
Annotatsiya
O`simliklarga fitopatogen zamburug`lar katta ziyon keltiradi. Fitopatogen zamburug`lar qishloq xo`jaligida jiddiy muammo bo`lib, hosil sifati va unumdorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi[1]. O`simliklarda fitopatogen zamburug`larning faoliyatini nazorat qilish qiyin, bu esa ko`plab ekinlar uchun katta yo`qotishlarga sabab bo`ladi [2]. Bu kabi fitopatogen zarar keltiruvchi zamburug`larga qarshi kurashish va o`simlikning o`sishini rag`batlantiruvchi bakteriya shtamlari juda foydali hisoblanadi.Shu asosida biz Pseudomonas chlororaphis bakteriyasining mosh o`simligining vegetativ davriga ijobiy ta`siri va bu bakteriya shtammi Fusarium solani, Aspergillus ochraceus, Fusarium culmorum kabi fitopatogen zamburug`larga nisbatan yuqori antagonistik faolligini kuzatishni maqsad qildik[3].
Adabiyotlar roʻyxati
1. Nizametdinova Ya.F., Mansurova M.L., Muzaffarova I.A., Kondrateva K.V., Vahobov A.H. Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, ToshDU, 1992.
2. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, O‘qituvchi, 1975.
3. Synergistic antifungal mechanism of cinnamaldehyde and nonanal against Aspergillus flavus. Food Microbiology, 104524 (2024).
4. Environmental Protection Agency (EPA). Pseudomonas chlororaphis strain 63-28 (006478) Fact Sheet. 2009. Biopesticides and Pollution Prevention Division.
5. Nidhi Singh, Rupanshee Srivastava, Tripti Kanda, Sadhana Yadav, Shivam Yadav and Neelam Atri.The Role of Microorganismsin Ecosystem Restoration. Nova science publishers. July 2023