Annotatsiya
Ushbu maqola jadid adabiyotini o`qitishda teatr san`atining ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so`z boradi. Talabalarga jadid adabiyotini teatr san`ati orqali samarali yetkazish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, teatr san`ati talaba-yoshlarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o`stirishda va ularda milliy madaniyat hamda ma`rifatga munosabatini belgilashda muhim o`rin tutishi ta`kidlangan. Teatr talabalarning nutq madaniyatini yuksaltirish, jamoada ishlash ko`nikmalarini mustahkamlash, axloqiy va estetik tarbiya berishda samarali vosita ekanligi aniqlangan. Binobarin, jadid adabiyotini o`qitishda teatr san`atidan nafaqat bilim berish vositasi sifatida, balki ma`rifat va ma`naviyatni boyitish vositasi sifatida ham unumli foydalanilayotganligi ko`rsatib berilgan.