Annotatsiya
Matematika va uning turli sohalarida funksiyalarning ifodalash va tahlil qilish usullari muhim ahamiyatga ega. Funksiya – bu matematik ifoda bo`lib, biror o`zgaruvchi (argument)ga nisbatan boshqa o`zgaruvchini (natijani) aniqlaydi. Funksiyalarni bir nechta formula yordamida berish, ularni tahlil qilish va grafik shaklda tasvirlashda qo`llaniladigan metodlarning keng doirasi mavjud. Bunday metodlar ko`pincha kompleks tizimlarni modellashtirish va analitik hisob-kitoblarni bajarishda foydalidir.