Annotatsiya
Ushbu maqolada Mamlakatimizda oliy taʼlimni modernizatsiya qilish jarayonida malakali mutaxassislarni yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratilgan. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha taraqqiyot strategiyasida `Uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini davom ettirish` muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa, texnika oliy taʼlim muassasalarida talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish shart-sharoitlarini xalqaro taʼlim standartlari darajasida ilmiy-metodik asoslangan tizimini yaratish hamda amaliy ustuvorlikdagi mustaqil taʼlimning funksional mehanizmlarini rivojlantirishda individual taʼlim vositalaridan foydalanishning amaldagi metodikalarini tadqiq etishni taqozo etishi haqida ma`lumotlar keltirilgan