`Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilg`or tadqiqotlar` mavzusida xalqaro simpozium

OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILINING ZAMONAVIY TALQINI

Mualliflar

Bayhonov Baxodir Tursunbayevich, Saydullayeva Saodat Abdumajitovna


Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta`lim tizimini rivojlantirishning asosiy ko`rsatkichlari va ularni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari o`rganilgan. Tadqiqotda oliy ta`limning sifat va samaradorlik darajasini baholashda qo`llaniladigan asosiy indikatorlar — qamrov darajasi, ta`lim sifati reytinglari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda xalqaro reytinglarda oliy ta`lim muassasalarining o`rni kabi ko`rsatkichlar tahlil qilinadi.
Zamonaviy talqin sifatida oliy ta`lim rivojlanishiga ta`sir qiluvchi global tendensiyalar — raqamlashtirish, xalqaro integratsiya, ta`lim xizmatlari sifatini oshirishning iqtisodiy va ijtimoiy omillari ko`rib chiqiladi. Tahlilda innovatsion yondashuvlar, masofaviy ta`limning rivojlanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuv va davlat-hususiy sheriklikning ahamiyati alohida e`tiborga olingan.
Oliy ta`lim tizimida islohotlar samaradorligini oshirish, strategik rivojlanish dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba asosida ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim, rivojlanish ko‘rsatkichlari, ta’lim sifati, innovatsion rivojlanish, xalqaro reytinglar, mehnat bozori, raqamlashtirish.