Bilim va malakalarni baholashda nazariy va amaliy yondashuvlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

KOMPARATIVISTIK TAHLIL: MILLIY TAJRIBA VA XALQARO YONDASHUV

Mualliflar

Otamirzayeva Ko‘xinur Ilxomjon qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada chet el tajribasini qo`llashda mahalliy madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish, shuningdek, O`zbekistonning milliy qadriyatlariga moslashtirish zarurligi yoritilgan. Ta`lim sohasidagi islohotlar davom etayotgan bo`lib, xorijiy yutuqlardan olingan tajribalar yanada samarali ta`lim tizimini shakllantirishga yordam beradi. O`zbekiston o`ziga xos madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu tajribalardan moslashtirilgan yechimlarni joriy etishi mumkin. Muhimi, xorijiy modellarni ko`chirib o`rnatish emas, balki ularning eng yaxshi jihatlarini mahalliy kontekstga moslashtirishdir.Ta`lim islohotlarining muvaffaqiyati qat`iyatli siyosiy iroda, moliyaviy sarmoya, malakali o`qituvlar tayyorlash va jamiyatning barcha qatlamlarining ishtirokiga bog`liq.
Kalit soʻzlar:
komparativistik tahlil, Fransiya, AQSh, Yaponiya ta‘lim-tarbiya nazariyasi, Yaponiya maktablari, kasbiy faoliyatga tayyorlash.