TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FORMATIF BAHOLASHNING ROLI
Mualliflar
Qo‘chqorov Baxodirjon O‘lmasovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada formatif baholashning ta`lim jarayonidagi ahamiyati va uning o`quvchilarning o`quv faoliyatiga ta`siri keng yoritilgan. Formativ baholash nafaqat o`quvchilarning mavjud bilim darajasini aniqlash, balki ularning individual rivojlanishini muntazam kuzatib borish, bilim olish jarayonida yo`l qo`yilgan xatolarni o`z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida samarali muloqotni yo`lga qo`yib, ta`lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, formatif baholash o`quvchilarning mustaqil fikrlashini rag`batlantiradi, ularning o`z bilimiga tanqidiy qarashini shakllantiradi hamda shaxsiy rivojlanishga yo`naltirilgan individual yondashuvni qo`llashda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Tadqiqotda formatif baholashning ta`lim samaradorligini oshirishdagi roli, o`quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi afzalliklari ilmiy tahlil etilgan.
Kalit soʻzlar:
ta’lim samaradorligi, formatif baholash, joriy baholash, rivojlantiruvchi baholash, o‘quvchilar motivatsiyasi, o‘zaro baholash, portfolio, refleksiya, interfaol metodlar, ta’lim sifatini oshirish.