TEST TEXNOLOGIYALARINING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Mualliflar
Qodirova Shaxzoda, M.T. Gapparova
Annotatsiya
Mazkur maqolada test texnologiyalarining ta`lim jarayonidagi o`rni, afzalliklari, kamchiliklari va takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Testlar o`quvchilarning nazariy bilimlarini baholashda samarali vosita bo`lishi bilan birga, kompetensiyaga asoslangan yondashuvlar bilan integratsiyalashganda amaliy ko`nikmalarini ham baholash imkonini beradi. Tadqiqotda test texnologiyalarining afzalliklari, ularning cheklovlari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar orqali samarali qo`llash yo`nalishlari yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
Test, baholash, ta’lim, nazorat, afzallik, kamchilik, obyektivlik, kompetensiya, innovatsion yondashuv, onlayn testlar.