Annotatsiya
Ushbu maqolada baholash jarayonida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosan adaptiv testlar, peer (tengdoshlar) va self (o`z-o`zini) assessment, shuningdek, generativ sun`iy intellekt (GenAI) vositalari orqali baholash metodlari ko`rib chiqiladi. Metod sifatida adabiyotlar tahlili, tajriba asosidagi empirik kuzatuvlar va so`rovnomalar qo`llanildi. Natijalarga ko`ra, innovatsion baholash usullari o`quvchilarning motivatsiyasi, bilim darajasi va tahliliy fikrlash ko`nikmalarini yaxshilaydi. Shu bilan birga, ularning texnik, etik va metodologik cheklovlari ham mavjud. Tadqiqot asosida ta`lim muassasalarida ushbu yondashuvlarni samarali joriy etish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola zamonaviy baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvni taklif etadi.