MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK BILIMLAR BERISHDA MTT VA OTA-ONALAR HAMKORLIGI
Mualliflar
Umaraliyeva Xadichaxon Xusanjon qizi, Mashrapova Go‘yoxon Obidjon qizi
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik bilimlarni berishda maktabgacha ta`lim tashkilotlari (MTT) va ota-onalar o`rtasidagi hamkorlikning ahamiyati, samaradorligi va shakllari tahlil qilinadi. Bolalarda atrof-muhitga nisbatan to`g`ri munosabat va ekologik ongni shakllantirishda MTTda o`tkaziladigan o`yinlar, ekskursiyalar, faol mashg`ulotlar bilan bir qatorda, ota-onalarning uyda ekologik tarbiyani davom ettirishi muhimligi ta`kidlanadi. Hamkorlik shakllari va usullari ko`rib chiqilib, ota-onalar bilan muntazam muloqotning ekologik tarbiya jarayonidagi roli ochib berilgan. Maqola amaliy tavsiyalar va ekologik tarbiyani rivojlantirish yo`llarini taklif qiladi.
Kalit soʻzlar:
Maktabgacha ta’lim, ekologik tarbiya, bolalar, ota-onalar hamkorligi, atrof-muhit, ekologik ong, ekologik bilimlar.