`Farzand tarbiyasida ota-onalar roli: zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR NUTQINING TO‘LIQ RIVOJLANISHIDA OILA BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI

Mualliflar

Xakimjonova Mastona Burxonjon qizi, Muminova Umida Mirsalim qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllanishi va rivojlanishida oila muhitining o`rni hamda pedagogik hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda oila bilan hamkorlikning samarali shakllari, ota-onalarning pedagogik madaniyati va ularning nutq rivojiga ta`siri tahlil qilingan. Natijalarga ko`ra, oila va maktabgacha ta`lim tashkiloti o`rtasidagi tizimli hamkorlik bolaning nutqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida muhim omil ekanligi aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
Maktabgacha yosh davri, psixik rivojlanish, nutq, nutqning rivojlanishi, nutqiy nafas olish, nutq me'yori, nutq faoliyati, oila, hamkorlik, pedagogik madaniyat, kommunikativ kompetensiya.