INKLYUZIV TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALAR
Mualliflar
Rabbimova Sarvinoz Jurabek qizi, I.E.Davronov
Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv taʼlimning xalqaro miqyosdagi rivojlanish yo`nalishlari va amaliy tajribalari tahlil qilinadi. Dunyodagi ilg`or mamlakatlar – AQSh, Finlandiya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarning inklyuziv taʼlim sohasidagi siyosati, qonunchilik asoslari, o`quv dasturlari va pedagogik yondashuvlari o`rganiladi. Xususan, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi IDEA qonuni, Finlandiyaning barqaror ijtimoiy qo`llab-quvvatlash modeli, Singapurning texnologik yondashuvi va Yaponiyaning madaniy-insonparvarlik tamoyillari misolida inklyuziv taʼlimga bo`lgan yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv taʼlim, xalqaro tajriba, AQSh taʼlim tizimi, Finlandiya modeli, Singapurda inklyuziya, Yaponiya tajribasi, taʼlim siyosati, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik yondashuvlar, taʼlimdagi tenglik, inklyuzivlikning qonunchilik asoslari.