OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR
Mualliflar
Tadjiyeva Nodira Yusupjanovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta`lim muassasalari talabalarida muomala madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy, ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatida muomala madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida axloqiy-me`yoriy qadriyatlar, pedagogik muloqot tamoyillari va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Muomala madaniyatini rivojlantirishda interfaol ta`lim texnologiyalari, psixologik treninglar, rolli o`yinlar, hamkorlikda o`qitish va refleksiya usullarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta`lim tizimida talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va madaniy muloqot qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
muomala madaniyati, muloqot, kommunikativ kompetensiya, interfaol metodlar, pedagogik muloqot, talabalar, oliy ta’lim, shaxsiy rivojlanish, axloqiy qadriyatlar, madaniy kompetentlik.