`Uzluksiz tarbiyaviy jarayon subyektlarida huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirish strategiyalari` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

O’QUVCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK OMILLAR

Mualliflar

Obidova Dildora Allamurod qizi, Qodirova Sojida O’ktam qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada o`quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida pedagogik va psixologik omillarning o`rni tahlil qilinadi. Huquqiy ongni rivojlantirish, huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish hamda o`quvchilarning shaxsiy mas`uliyatini mustahkamlashda o`qituvchi, muhit va psixologik yondashuvlarning o`zaro ta`siri ko`rib chiqiladi. Maqolada huquqiy madaniyatni oshirishning samarali metodlari, shaxs psixologiyasi va ta`lim texnologiyalari asosida yondashuvlar yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy tarbiya, pedagogik omillar, psixologik omillar, shaxs tarbiyasi, o‘qituvchi, ijtimoiy muhit, motivatsiya.