`Aniq va tabiiy fanlarni o`qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar` xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

FANLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKTNING KIRIB KELAYOTGANLIGI

Mualliflar

Ismatova Umida Foziljon qizi, Shayqulov Hamza Shodievich, Rasulova Muxsina Roziqovna


Annotatsiya
Kelajakdagi vrachlar – tibbiyot oliy o`quv yurti talabalarining sun`iy intellekt (bundan keyin – SI) texnologiyasiga bo`lgan munosabatiga oid tadqiqotning dolzarbligi SI tizimlarining nafaqat ta`lim jarayoniga, balki klinik va diagnostik amaliyotga ham joriy etilishi bilan belgilanadi. Shaxsning axborot madaniyati mazmunini aks ettiruvchi axborot amaliyotlari va SI ta`rifini aniqlashdagi afzallik o`rtasida bog`liqlik mavjudligi haqidagi gipoteza tasdiqlandi. Maqsad tibbiyot oliy o`quv yurti talabalarining axborot madaniyatining asosiy tarkibiy qismi sifatida turli xil axborot manbalaridan foydalanish amaliyotlari va ularning SIni tushunishi o`rtasidagi bog`liqlikni tavsiflashdan iborat. Tibbiyot universitetining birinchi ikkinchi va uchunchi kurs talabalari hamda professor o`qituvchilari o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalari (n = 217) keltirilgan.
Kalit soʻzlar: