`Uzluksiz tarbiyaviy jarayon subyektlarida huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirish strategiyalari` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA HUQUQBUZARLIKKA QARSHI IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHDA SUNIY INTELLEKT VOSITASIDAN FOYDALANISH STRATEGIYALARI

Mualliflar

Raximbayeva F.R.


Annotatsiya
Mazkur maqolada bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlash jarayonida sun`iy intellekt vositalaridan foydalanib, huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirish strategiyalari ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda, sun`iy intellekt texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonida xavfli xatti-harakatlarni oldindan aniqlash, ijtimoiy-huquqiy ongni rivojlantirish va kelajak o`qituvchilarda raqamli xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning samarali usullari ko`rib chiqiladi. Yurtimiz va xorijiy tajribalar asosida, bo`lajak pedagoglar uchun sun`iy intellekt asosida monitoring, individual profilaktika, xavf-xatarlarni tahlil qilish va samarali kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo`yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur maqolada keltirilgan amaliy va nazariy yondashuvlar bo`lajak o`qituvchilarda huquqbuzarlikka qarshi kuchli immunitetni shakllantirishda sun`iy intellekt vositalarining o`rni va ahamiyatini ochib beradi.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellekt, bo‘lajak o‘qituvchilar, ta’lim, raqamli xavfsizlik, strategiya, ijtimoiy-huquqiy ong.