`Yangi O`zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman

TIBBIYOT OLIY TA’LIM TALABALARINING REFLEKSIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINING PEDAGOGIK BOSHQARUVI ASOSLARI

Mualliflar

Xaydarova Nigora Obidovna


Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta`lim muassasalari talabalari refleksiv madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini samarali pedagogik boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Refleksiv madaniyat — talabalar tomonidan o`z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, baholash va kelajakdagi kasbiy harakatlarini takomillashtirish qobiliyatini anglatadi. Tadqiqotda nazariy (ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, xorijiy va milliy tajribalarni solishtirish) hamda empirik (kuzatish) usullardan foydalanildi. Natijalar tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalarining refleksiv madaniyatini rivojlantirishda pedagogik boshqaruvning muhim komponentlari sifatida metodik yo`naltirish, psixologik qo`llab-quvvatlash va amaliy faoliyatni refleksiya bilan uyg`unlashtirish zarurligini ko`rsatdi.
Kalit soʻzlar:
refleksiv madaniyat, pedagogik boshqaruv, tibbiyot talabalari, refleksiya, kasbiy rivojlanish.