MAHALLA INSTITUTI ORQALI XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARDAGI ROLINI KUCHAYTIRISH: MAVJUD HOLAT VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR
Mualliflar
Karimova Nozima Nurmuxamadovna, Umatalieva Kamila Taxirovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada O`zbekistonda mahalla institutining xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi murakkab va ikkiyoqlama roli nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tahlil jarayonida mahallaning davlat siyosati ijrochisi sifatidagi institutsional-ma`muriy funksiyasi hamda an`anaviy ijtimoiy normalar tashuvchisi sifatidagi ijtimoiy-madaniy funksiyasi o`rtasidagi ziddiyatlar va o`zaro ta`sir nuqtalari o`rganildi.
Kalit soʻzlar:
mahalla, fuqarolik jamiyati, gender tenglik, xotin-qizlar faolligi, ijtimoiy-siyosiy ishtirok, davlat siyosati, patriarxal normalar, institutsional transformatsiya.