`Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning o`rni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikka murosasiz muhitni yaratish` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

JAMIYAT RIVOJI VA BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA AYOLLARNING O`RNI

Mualliflar

Go`zaloy Mamedova


Annotatsiya
Bugungi shiddatli zamonimizda Yangi O`zbekistonda ko`p sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida yuksak taraqqiyot yuz bermoqda. Bu esa jamiyatimiz rivojida asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda. Jamiyatning barcha qatlami bu jarayonda faol ishtirok etib, yurt ravnaqi, kelajagi uchun fidokorona xizmat qilmoqda. Bu o`rinda ayollarning jamiyatdagi mavqeyini alohida ta`kidlash maqsadga muvofiq. Ma`lumki, barcha zamonlarda o`zbek xalqida xotin-qizlarga alohida munosabat bo`lgan. Shunga ko`ra aytish mumkinri, hozirgi paytda ayollarning siyosat maydonida faol ishtiroki qadimdan mavjud Tarixga nazar solsak, buyuk sarkarda Amir Temur ham o`z davrida davlat boshqaruvida Bibixonimdan maslahat olgani, tang ahvolda undan madad so`ragani, Bobur Mirzoning 12 yoshida taxtga o`tirishi hamda onasi Qutlug`nigor oyimning ko`magida davlatni boshqarishi yoki Nodiraning Amir Umarxon vafotidan so`ng mamlakat ishlarini oqilona boshqargani, Tomarisning Kir IIga qarshi jangi va g`alabasi ajdodlarimizning aql-u zakosidan dalolat. `Oqqan daryo oqaveradi`, deganlaridek, bugungi kun yurtimiz siyosiy maydonida ham o`z o`rniga ega bo`lgan bir qancha rahbar-ayollar : S.Mirziyoyeva, T.Norboyeva, H.Umarova va boshqalari davlat boshqaruvida faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 2mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarida ayollar rahbarlik qilmoqda . Bu ko`rsatkich ayollarning jamiyatda qanchalik faol ekanliklari isbotidir. So`nggi yillarda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu bois bugungi kunda ayollarga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, nufuzini mustahkamlash, yetarli shart-sharoit yaratish alohida ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar: