Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va taʼlim sohasidagi o`rni, ularning salohiyatini ro`yobga chiqarish yo`llari, mavjud imkoniyatlar va to`siqlar tahlil qilinadi. XXI asrda innovatsiya, raqamli texnologiyalar va fan taraqqiyoti ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida qaralayotgan bir vaqtda, ayollarning bu sohalardagi faolligi global darajada dolzarb masalaga aylangan. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yildagi qarori asosida 11-fevral sanasining `Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni` deb belgilanishi dunyo hamjamiyatining ushbu muammo yechimiga e`tiborini oshirgan.