JAMIYAT RIVOJIDA XOTIN-QIZLAR KOLLABORATIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Mualliflar
Tojibayeva Nazokatxon
Annotatsiya
Ushbu maqolada oila va xotin-qizlar tizimi xodimlarining kollaborativ madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislar o`rtasida hamkorlik muhitini yaratish va rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. Maqolada kollaborativ madaniyatning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari va rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan. Oila va xotin-qizlar tizimining o`ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, xodimlarning kasbiy hamkorligini oshirish uchun interaktiv ta`lim texnologiyalari, mentorlik dasturlari, loyihaviy faoliyat va raqamli vositalardan foydalanish yo`llari ko`rsatilgan. Tadqiqot natijalari oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
kollaborativ madaniyat, oila va xotin-qizlar tizimi, ijtimoiy-pedagogik tizim, kasbiy hamkorlik, tashkiliy rivojlanish, jamoaviy faoliyat, professional kompetentlik, innovatsion texnologiyalar