SUN’IY YO‘LDOSH TASVIRLARI VA MODELLASH TIZIMLARINING INTEGRATSIYASI ASOSIDA ATMOSFERA IFLOSLANISHINI BAHOLASH YONDASHUVI
Mualliflar
J.X. Djumanov, Z.J. Allamuratova, S.I. Mirzaganiev, A.Sh. O‘rinbaev
Annotatsiya
Ushbu maqolada atmosfera ifloslanishini baholashda sun`iy tasvirlari va matematik modellashtirish tizimlarining integratsiyalashgan yondashuvi o`rganilgan. Tadqiqotda Sentinel sun`iy yo`ldoshi ma`lumotlari GEE bulutli hisoblash platformasi orqali, NO₂ gazining mufassal va vaqt bo`yicha tarqalishi aniqlangan. Olingan natijalar GAT dasturi yordamida vizual xaritalashtirilgan va shahar hududidagi ifloslanish nuqtalari belgilangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, sun`iy yo`ldosh ma`lumotlari va matematik adveksiya–diffuziya modellarining integratsiyasi orqali atmosfera ifloslanishini aniq monitoringi va bashorat qilish imkoniyati yaratilgan. Natijalar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, transport va sanoat chiqindilarini boshqarish bo`yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo`ladi.
Kalit soʻzlar:
Atmosfera ifloslanishi, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari (Sentinel, TROPOMI), masofadan zondlash, matematik modellashtirish, NO₂ konsentratsiyasi, adveksiya–diffuziyasi