`Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning o`rni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikka murosasiz muhitni yaratish` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

FIZIKA TA’LIMIDA RAQAMLI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA DIDAKTIK O‘RNI

Mualliflar

Xudoyeva Hulkar Qandiyorovna


Annotatsiya
Mazkur maqolada fizika ta`limida raqamli innovatsion texnologiyalarning pedagogik zaruriyati va didaktik o`rni yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning o`quv jarayoniga ta`siri, ularning samarali o`qitishdagi roli hamda fizika darslarida qo`llaniladigan zamonaviy raqamli vositalarning afzalliklari tahlil etilgan. Shuningdek, o`qituvchining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zarurligi, raqamli ta`lim muhitida o`quvchi faolligini oshirish va mustaqil fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari bayon qilingan. Maqolada fizika fanini o`qitishda virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar, sun`iy intellekt va AR/VR texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari, ularni qo`llash tamoyillari hamda o`quv jarayoniga integratsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan.
Kalit soʻzlar:
fizika ta’limi, raqamli texnologiyalar, innovatsion ta’lim, virtual laboratoriya, interaktiv o‘qitish, pedagogik zaruriyat, didaktik o‘rin.