`Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning o`rni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikka murosasiz muhitni yaratish` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

IJTIMOIY BARQARORLIK SARI: XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI VA OILAVIY MUSTAHKAMLIKNI UYG‘UNLASHTIRISH ORQALI TAZYIQSIZ JAMIYAT MODELI

Mualliflar

Berdiyeva Nargiza


Annotatsiya
Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta`minlashda xotin-qizlarning faolligi va oilaviy mustahkamlik o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Unda gender tenglikni ta`minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish hamda ularni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida talqin etiladi. Oilaning mustahkamligi jamiyat barqarorligining poydevori ekani, ayniqsa ayollarning iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlanishi natijasida tazyiqsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish mumkinligi asoslab beriladi. Jumladan, maqolada innovatsion yondashuvlar asosida zo`ravonlikka qarshi profilaktik choralar, ayollarning liderlik salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish bo`yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.
Kalit soʻzlar:
xotin-qizlar faolligi, oilaviy barqarorlik, tazyiqsiz jamiyat, gender tenglik, ijtimoiy barqarorlik, zo‘ravonlikka qarshi profilaktika, innovatsion ijtimoiy model.