`Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt` Xalqaro ilmiy konferensiya

SUN’IY INTELLEKT XIZMATLARI EKSPORTI: INNOVATSION AUTSORSINGNI TARTIBGA SOLISH VA QO‘LLAB‑QUVVATLASH SIYOSATI

Mualliflar

Abduraupov Rustam Ramzovich, Sodiqov Elmurod Shomurod o‘g‘li


Annotatsiya
Ushbu maqolada sun`iy intellekt (SI) xizmatlari eksportini rivojlantirishda davlatning qo`llab‑quvvatlash mexanizmlari va innovatsion autsorsing siyosatining ahamiyati tahlil qilinadi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi dastur va rag`batlari o`rganilib, Hindiston, Polsha va Estoniya kabi ilg`or davlatlar tajribasi bilan solishtirish asosida takomillashtirish bo`yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, komparativ metod, ekspert bahosi va siyosiy‑institutsional baholash usullari keng qo`llanildi.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellekt, IT‑autsorsing, xizmatlar eksporti, davlat qo‘llab‑quvvatlashi, innovatsion siyosat.