TUZILMALANMAGAN HUJJAT TASVIRIDA QO‘LYOZMALI IMZO SOHASINI AJRATIB OLISH ALGORITMI
Mualliflar
Radjabov S.S., Allayorov J.A., Mardiyev A.Sh., Alisherova S.A.
Annotatsiya
Ushbu ishda tuzilmalanmagan hujjat tasvirlarida qo`lyozmali imzo sohasini avtomatik aniqlash va ajratib olish masalasi ko`rib chiqilgan. Taklif etilgan algoritm morfologik amallar, adaptiv filtratsiya va segmentatsiya bosqichlarini o`z ichiga oladi. Tadqiqotda 2500 dan ortiq imzolangan hujjat tasvirlari ustida tajriba o`tkazilib, algoritmning samaradorligi aniqlash mezonlari orqali baholandi. Natijalar algoritmning yuqori aniqlikka ega ekanini, shuningdek, bosma matn, shtamp va fon bilan aralashgan holatlarda ham imzo sohasini to`g`ri ajrata olishini ko`rsatdi. Taklif etilgan algoritm avtomatlashtirilgan hujjat tasnifi, imzo verifikatsiyasi va raqamli arxiv tizimlarida qo`llanishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
tuzilmalanmagan hujjat, qo‘lyozmali imzo, sohani ajratib olish, segmentlash, morfologik amallar.