Annotatsiya
Bugungi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyot, innovatsiya va axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Ushbu jarayonning asosiy drayverlaridan biri - sun`iy intellekt (SI) hisoblanadi. U insonning fikrlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilish qobiliyatini taqlid qiladigan tizimlarni yaratishni maqsad qiladi. Sun`iy intellekt nafaqat texnika, balki ijtimoiy hayot, fan, ta`lim va tibbiyot sohalarida ham keng qo`llanilmoqda.