`Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt` Xalqaro ilmiy konferensiya

TASVIRLAR ASOSIDA HAVO IFLOSLANISH DARAJASINI BAHOLASH

Mualliflar

Mamatov N.S., Asqarov Q.A.


Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida sun`iy intellekt texnologiyalari asosida havo ifloslanish darajasini baholash masalasi o`rganilib, uni yechish uchun neyron tarmoq modeli taklif etildi. Taklif etilgan model havodagi zarrachalarni aks ettiruvchi tasvirlardan foydalanilib, havodagi PM 2.5 zarrachalar miqdorini aniqlashga qaratilgan. Bunda CNN yordamida dastlab tasvirdan belgilar ajratib olindi, so`ngra FNN orqali regressiya muammosi sifatida o`rganildi. Natijada model asosida tasvirdagi havoni vizual holatiga ko`ra PM 2.5 qiymatini bashoratlash amalga oshirildi.
Kalit soʻzlar:
Havo, PM 2.5, ifloslanish, tasvir, belgi, model, neyron tarmoq, EfficientNetV2B0, Deep Learning.