O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA SIYOSATINI OPTIMALLASHTIRISHNING SUN’IY INTELLEKT MODELI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O`zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlarining o`zgaruvchan dinamikasini tahlil qilish va uni barqarorlashtirishga yo`naltirilgan sun`iy intellekt (SI) asosidagi intellektual model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda inflyatsiya darajasini prognozlashda mashinaviy o`rganish algoritmlaridan, jumladan, LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog`idan foydalanilgan. Model real statistik ma`lumotlar asosida sinovdan o`tkazilib, SI yondashuvi an`anaviy regressiya modellariga nisbatan yuqori aniqlikka ega ekanligi aniqlangan. Natijalar asosida inflyatsiyani boshqarishda avtomatlashtirilgan bashorat tizimini yaratish bo`yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellekt, inflyatsiya, bashorat, iqtisodiy barqarorlik, neyron tarmoq.