TURLI TASVIR SIFATINI BAHOLASH ALGORITMLARINING TAHLILI
Mualliflar
Kubyashev Kurash Egamovich
Annotatsiya
Tasvir sifatini baholashda qo`llaniladigan turli algoritmlar tahlil qilinadi. Tasvir sifatini aniqlash muhim bo`lib, u tibbiyot, sun`iy intellekt, raqamli media va videotasvirlar uzatish kabi ko`plab sohalarda keng qo`llaniladi. Maqolada ob`ektiv (matematik) va sub`ektiv (inson sezgilariga asoslangan) baholash usullari o`rtasidagi farqlar ko`rib chiqiladi. Xususan, PSNR (Peak Signal-to-Noise Ratio), SSIM (Structural Similarity Index), MSE (Mean Squared Error), VIF (Visual Information Fidelity) va NIQE (Natural Image Quality Evaluator) kabi keng tarqalgan algoritmlar taqqoslab tahlil qilinadi. Har bir algoritmning afzalliklari, kamchiliklari va qo`llanilish doiralari batafsil yoritiladi. Shuningdek, sun`iy intellekt asosida ishlab chiqilgan zamonaviy baholash usullari ham ko`rib chiqilib, ularning an`anaviy metodlarga nisbatan ustunliklari tahlil qilinadi. Maqola yakunida tasvir sifatini baholashda optimal yondashuvni tanlash bo`yicha tavsiyalar beriladi.
Kalit soʻzlar:
tasvir sifati, sifatni baholash algoritmlari, PSNR, SSIM, MSE, VIF, NIQE, ob'ektiv baholash, sub'ektiv baholash, raqamli tasvirlar, sun'iy intellekt, tasvirni tahlil qilish, kompyuter ko‘rish, tasvirni siqish, sifat metrikalari.