`Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt` Xalqaro ilmiy konferensiya

TASVIRLARNI SAQLASH TEXNOLOGIYALARI, MA'LUMOTLAR BAZASIDAN BULUTGACHA

Mualliflar

Jumаyev Bоbur Jumа о‘g‘li, Аbdullаyev Elbek Ismоil o‘g‘li


Annotatsiya
Raqamli asrda tasvirlar big data muhitida muhim ma`lumotlardan biri sifatida e`tirof etiladi.
Birinchi navbatda, tasvirlarni saqlashda ishlatiladigan ma`lumotlar bazalari va ularning turli turlari (relatsion, noSQL va ob`ektga yo`naltirilgan bazalar) ko`rib chiqiladi. Har bir ma`lumotlar bazasining afzalliklari va kamchiliklari haqida ma`lumot beriladi, shuningdek, tasvirlarni qidirish va tahlil qilish jarayonlari haqida fikrlar bildiriladi.
Keyingi qismida bulutli saqlash texnologiyalari tahlil qilinadi, bu esa tasvirlarni saqlash va ularga kirishni yanada qulay va samarali qiladi. Ma`lumotlar xavfsizligi, shaffoflik va har qanday joydan kirish imkoniyati bulutli yechimlarning asosiy afzalliklari sifatida ta`kidlanadi.
Maqola oxirida, tasvirlarni saqlash texnologiyalarining zamonaviy tendentsiyalari va ularning kelajakda qanday rivojlanishi mumkinligi bo`yicha fikrlar bildirilib, tadqiqot va innovatsiyalar uchun yangi yo`nalishlar taklif etiladi.
Ushbu tadqiqot zamonaviy tasvir saqlash texnologiyalarini o`rganish va ulardan foydalanish bo`yicha keng qamrovli tushuncha beradi.
Kalit soʻzlar:
Tasvirlarni saqlash, raqamli tasvirlar,ma'lumotlar bazalari,relatsion bazalar NoSQL bazalar, ob'ektga yo‘naltirilgan bazalar,bulutli saqlash,saqlash texnologiyalari,ma'lumotlar xavfsizligi,qidiruv va tahlil,big data, zamonaviy tendensiyalar, innovatsiyalar, rivojlanish yo‘nalishlari, tasvirlarni boshqarish.