`Globallashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslikning fan, ta`lim va amaliyot bilan integratsiyasi: yangi yondashuvlar, imkoniyatlar va muammolar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

TARIXIY MANBALARDAGI ČÄRIG ISTILOHI XUSUSIDA

Mualliflar

Dustmurodov Ma’rufjon Mansur o‘g‘li


Annotatsiya
Turkiy xalqlar shonli kechmishining ajralmas qismi bo`lgan Qoraxoniylar davrida adabiy manbashunoslik va lingvistik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan bir qancha asarlar yaratilgan. Xususan, Yusuf Xos Hojib Bolasog`uniy qalamiga mansub `Qutadg`u bilig` asari mazkur paytda yaratilib, jonli so`zlashuv tili, unga xos bo`lgan leksik imkoniyatlar orqali davr muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ma`muriy-harbiy boshqaruv, qolaversa, madaniy sohalarda muhim ma`lumotlarga boy bo`lgan tasavvur uyg`ota oladi. Xususan, hozirgi o`zbek adabiy tilida nofaol qatlam elementi o`laroq, faqatgina badiiy-tarixiy uslubdagi matnlarda ko`zga tashlanadigan `qo`shin, lashkar` maʼnolaridagi čärig leksemasi `Qutadg`u bilig` asarida ko`p marta tilga olinadi. İlk marta qadimgi ko`kturkcha bitiglarda ko`zga tashlangan bu leksema eski turkiy va eski o`zbek adabiy tiliga oid manbalarda faol tilga olinishi o`laroq, turkiylarning harbiy tarixi bo`yicha bir qancha ma`lumotlarni o`zida jamlay olgan. Ushbu harbiy sohadagi istilohning semantik-funksional, shuningdek, etimologik jihatlarini yoritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
“Qutadg‘u bilig”, eski turkiy til, qadimgi turkiy til, qoraxoniylar.

Full Text PDF

DOWNLOAD PDF 22.12.2025