BO’LAJAK INFORMATIKA O’QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA SMART TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. `Elektron hukumat`, `elektron uy`, `elektron tijorat`, `elektron ta`lim` kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo`lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot man`basi sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo`ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma`lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma`noda odam o`rnida `o`ylash`ga majbur qilishni talab qiladi. Bunday `aqlli`, inson bilan muloqot qiluvchi va o`rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o`ta dolzarb va mashaqqatli ish bo`lib, uni yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu yo`nalishda qo`yilgan salmoqli qadamlardan biri bu ta`lim sohasida dunyo bo`yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin.
Kalit soʻzlar:
Smart education
Adabiyotlar roʻyxati
. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta`lim samaradorligini oshirish yo`llari O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. – T.: TDPU, 2004.
2. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta`lim muassasalari o`qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste`dod, 2010.-140 bet.
3. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta`lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.