Annotatsiya
Ushbu maqolada qoraqalpoq paremiologik tizimida tilning somatik kod sifatidagi ifoda imkoniyatlari tahlil etiladi. Somatik leksika orqali xalqning milliy tafakkuri, madaniy qadriyatlari ham da hayotiy tajribasi aks etishi ko`rsatib o`tiladi. Maqol va matallarda uchraydigan tana a`zolariga oid birliklar insonning ichki kechinmalari, axloqiy me`yorlari va ruhiy holatini ifodalash vositasi sifatida o`rganiladi.