OMBORXONANI RAQAMLASHTIRISHNING AFZALLIKLARI
Mualliflar
Abdiraufova D.J.
Annotatsiya
Ushbu maqolada omborxona boshqaruv tizimlarini raqamlashtirishning afzalliklarini tahlil qilish, raqamlashtirishning zamonaviy texnalogiyalar asosida omborxona operatsiyalarini samaradorligini oshirishdagi o`rnini ko`rib chiqamiz. Maqolada malumotlar xavfsizligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishi, xarajatlarning optimallashtirilishi va logistika jarayonining shaffofligini ta`minlash bo`yicha muhim jihatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari, raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va mahalliy hamda global miqyosdagi tadbirkorlikka bo`lgan ta`siri o`rganilgan. Tadqiqot natijalari sifatida omborxona boshqaruv tizimlari modernizatsiya qilish bo`yicha amaliy tavfsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
Omborxona boshqaruvi, raqamlashtirish, logistika jarayoni, zamonaviy texnalogiyalar, avtomatlashtirish, iqtisodiy samaradorlik, ma’lumotlar xavfsizligi, tizim integratsiyasi, IoT (Internet of Things), Big Data.