`Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta`lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

BIZNESDA RISKLARNI BOSHQARISHNING AMALIY MEXANIZMLARI

Mualliflar

Abdukarimova Muslima Abduaziz qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada biznes faoliyatida risklarni boshqarishning amaliy mexanizmlari, ularning mazmuni va korxona barqarorligi uchun ahamiyati yoritilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar turli xil noaniqliklar va xavf omillariga duch keladi, shuning uchun risklarni aniqlash, baholash va samarali boshqarish bugungi kunda strategik boshqaruvning ajralmas qismiga aylangan. Maqolada risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, xususan, risklarni identifikatsiya qilish, sifat va miqdoriy baholash, risklarni kamaytirish, taqsimlash, sug`urtalash va monitoring qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalar tomonidan qo`llanilayotgan amaliy risk boshqaruvi modellari, xalqaro standartlar (ISO 31000) asosidagi yondashuvlar hamda O`zbekistondagi biznes subyektlarining real tajribalari o`rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko`ra, risklarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirish korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish va raqobatbardoshligini ta`minlashga xizmat qilishi aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
Biznes riski, risklarni boshqarish, risklarni aniqlash, risklarni baholash, xavf omillari, risklarni kamaytirish, monitoring, ISO 31000, strategik boshqaruv, moliyaviy barqarorlik.