SAVDO TARMOGINI KENGAYTIRISHDA FRANCHAYZINGNI AFZALLIKLARI
Mualliflar
Abdurahimov Abdusamad, D.N. Ishmanova
Annotatsiya
Mazkur maqolada franchayzing tizimining iqtisodiyotdagi o`rni, uning savdo tarmoqlarini kengaytirishdagi mexanizmlari va afzalliklari yoritilgan. Unda franchayzing modelining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatlari, shuningdek O`zbekiston sharoitida franchayzing asosida biznesni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada franchayzing va an`anaviy tadbirkorlik o`rtasidagi farqlar, investitsion risklarni kamaytirish mexanizmlari hamda axborot texnologiyalarining franchayzingdagi o`rni asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
Franchayzing, savdo tarmoqlari, kichik biznes, innovatsion model, franchayzer, franchayzi, iqtisodiy samaradorlik, investitsion risk, axborot texnologiyalari.