Annotatsiya
Bugungi tez rivojlanayotgan dunyoda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati katta. Internetning keng tarqalishi, smartfonlarning arzonlashuvi, sun`iy intellektning rivojlanishi va onlayn xizmatlarning ko`payishi natijasida odamlar hayot tarzi ham, biznes tizimi ham o`zgarishni boshladi. Shu sababli `raqamli iqtisodiyot` atamasi bugungi kunda deyarli barcha sohalarda uchraydi, chunki u jamiyatning kundalik hayotida muhum ahamiyatga ega.