`Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta`lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

BIZNESNI BOSHQARISHDA BLOKCHAIN FOYDALANISHNI AFZALLIKLARI

Mualliflar

Bahodorov Jahongirmirzo Bahriddin o‘g‘li, Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich


Annotatsiya
Ushbu maqolada biznesni boshqarish jarayonlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalliklari tahlil qilinadi. Blokcheynning markazlashmagan (dezentralizatsiya) tuzilmasi korxonalarda ma`lumotlarning ishonchliligini oshirishi, firibgarlik xavfini kamaytirishi hamda tranzaksiyalarni shaffof yuritish imkonini berishi ilmiy asoslarda yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning o`zgarmas (immutability) xususiyati ma`lumotlarning xavfsiz saqlanishi va real vaqt rejimida kuzatilishini ta`minlaydi. Tadqiqotda blokcheynning ta`minot zanjiri boshqaruvini optimallashtirish, to`lov tizimlarini soddalashtirish, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilash va operatsion xarajatlarni qisqartirishdagi roli ko`rsatilgan. Maqolada turli biznes jarayonlarda samaradorlikni oshirish uchun blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo`yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi. Natijalar shuni ko`rsatadiki, blokcheyn biznes boshqaruvida yuqori darajadagi xavfsizlik, tezkorlik, shaffoflik va raqamli ishonchni yaratish orqali raqobatbardoshlikni kuchaytiruvchi muhim innovatsion platformadir.
Kalit soʻzlar: