`Yangi O`zbekistonda `Ota-onalar universiteti`ning tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish mexanizmlari: muammolar va yechimlar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

MAHALLALARDA SOG‘LOM MA’NAVIY MUHIT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Mualliflar

Musurmonkulov Oybek Urolovich


Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada mahallalarda sog`lom ma`naviy muhitni shakllantirish va uning barqarorligini ta`minlash masalalari ijtimoiy-pedagogik nuqtayi nazardan keng yoritilgan. Tadqiqotda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o`rni, uning tarbiyaviy imkoniyatlari, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarning mazmuni, turlari va amaliy qo`llanilishi, oila–maktab–mahalla hamkorligining pedagogik mexanizmlari, innovatsion va raqamli texnologiyalarning o`rni, ma`naviy tahdidlarga qarshi kurashish yo`llari ilmiy asosda bayon etilgan. Maqola yakunida xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
mahalla, sog‘lom ma’naviy muhit, ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy hamkorlik, ma’naviy xavfsizlik, profilaktika, ijtimoiy pedagogika.