KO‘KRAK SUTINING BIOLOGIK AHAMIYATI VA TARKIBIY XUSUSIYATLARI
Mualliflar
Abdimalikova Jayrona Abdumajid qizi, Yo‘ldasheva Zarofat Egamberdiyeva
Annotatsiya
Ko`krak suti insoniyat tarixida eng bebaho oziq manbai sifatida qadrlanadi. Bu sut chaqaloq uchun tabiiy, muvozanatli va biologik jihatdan to`liq oziqlantiruvchi manbadir. Uning tarkibida 87% suv, qolgan qismi esa oqsillar, yog`lar, uglevodlar, vitamin va minerallardan iborat. Ayniqsa, kolostrum (birinchi sut) immunoglobulinlarga boy bo`lib, chaqaloqni infektsiyalardan himoya qiladi. Ko`krak sutidagi oqsillar — laktoferin va immunoglobulinlar — bola immun tizimini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yog`lari esa miya hujayralari va ko`rish tizimining to`g`ri rivojlanishini ta`minlaydi. Laktoza energiya manbai bo`lish bilan birga, ichak mikroflorasini normallashtiradi. Ko`krak suti nafaqat chaqaloq salomatligi uchun, balki ona organizmi uchun ham foydalidir: bachadon qisqarishini tezlashtiradi, qon yo`qotishni kamaytiradi va kelajakda ko`krak bezi saratoni xavfini pasaytiradi. Shuningdek, ona va bola orasidagi ruhiy-psixologik aloqani mustahkamlaydi. Shu sababli Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hayotning dastlabki olti oyida chaqaloqlarni faqat ko`krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya etadi.
Kalit soʻzlar:
ko‘krak suti, biologik ahamiyat, tarkib, immunitet, ona va bola salomatligi.