Annotatsiya
Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun uyda yakka tartibdagi ta`lim samaradorligini oshirishda ertakterapiyaning ahamiyatini o`rganadi. Tadqiqotda ertakterapiyaning bolalarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta`siri, shuningdek, ushbu usulning uy sharoitida ta`lim jarayonini qo`llab-quvvatlashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada ertaklar orqali o`quvchilarning o`quv motivatsiyasini oshirish, diqqatni jamlash va o`z-o`zini ifoda etish ko`nikmalarini rivojlantirish usullari ko`rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida tajriba va so`rov metodlaridan foydalanilib, boshlang`ich sinf o`quvchilarining uyda ta`lim olish jarayonida ertakterapiyaning ta`siri sinovdan o`tkazildi. Natijalar shuni ko`rsatadiki, ertakterapiya nafaqat o`quv jarayonini qiziqarli qiladi, balki bolalarning psixologik barqarorligini mustahkamlashga va o`quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Maqola uyda ta`lim oluvchi o`quvchilar uchun ertakterapiyadan foydalanish bo`yicha amaliy tavsiyalar beradi va kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo`nalishlarni belgilaydi.