Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola uzluksiz inklyuziv taʼlim sharoitida o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida taʼlim mazmunini differensiallashtirishning didaktik prinsiplarini nazariy asoslashga bag`ishlangan. Unda taʼlimning barcha bosqichlarida maxsus taʼlim ehtiyojli bolalarning kognitiv, sensor va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv dasturlarini moslashtirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Asosiy diqqat moslashuvchanlik, individual yondashuv, o`zlashtirish tezligini hurmat qilish kabi prinsiplarga qaratilib, mazmunni differensiallash orqali barcha o`quvchilar uchun taʼlimga teng imkoniyatlar yaratishning metodik shartlari yoritilgan. Maqolada O`zbekiston taʼlim tizimiga integratsiya qilish uchun differensial didaktikaning optimal modellarini joriy etish bo`yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.