Mualliflar
Komolova Nodirabegim Oybek qiz, Aytmuratova Umitxan Maxsetbayevna, Bulanova Shahnozaxon A’zamjon qizi
Annotatsiya
Ushbu maqola adaptiv ta`lim platformalarining o`quvchilarning ichki va tashqi motivatsiyasiga hamda ularning o`zlashtirish qobiliyatiga ta`sirini psixologik nuqtai nazardan tahlil qilishga bag`ishlangan. Tadqiqotda adaptiv tizimlarning shaxsiy o`rganish tezligiga moslashishi, doimiy va xolis qayta aloqa berishi o`quvchilarda o`z-o`zini samarali his qilish va muvaffaqiyatga erishish ehtiyojini qanday kuchaytirishi o`rganiladi. Adaptivlik tufayli topshiriqlarning qiyinlik darajasining optimal bo`lishi o`quvchida `o`rganish oqimi` holatini yuzaga keltirishi va shu orqali bilimni o`zlashtirish samaradorligini oshirishi nazariy asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada adaptiv texnologiyalarning ta`lim jarayoniga ta`siri, jumladan, mustaqil o`rganish ko`nikmalarini rivojlantirishdagi roli ham muhokama qilingan.